Yangiliklar

Termiz va Sochi oʻrtasida yangi havo yoʻnalishi ochiladi.

2024-03-26 14:22
Parvozlar Termiz xalqaro aeroportidan Sochi shahridagi Adler xalqaro aeroportiga va orqaga amalga oshiriladi. Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi ilk bor Oʻzbekistonning Termiz shahri va Rossiyaning Sochi kurort shahri oʻrtasida havo qatnovini yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Termiz – Sochi – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha haftalik reyslar 1 apreldan dushanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyotlar Termiz xalqaro aeroportidan Sochidagi Adler xalqaro aeroportiga va ortga uchadi.

Parvozlar zamonaviy va xavfsiz Superjet-100 samolyotida amalga oshiriladi, sayohat vaqti 3 soat 50 daqiqani tashkil qiladi.

Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro shaharlariga, Farg‘ona va Namanganga charter reyslarini, shuningdek, Moskvadan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni amalga oshirmoqda.