Yangiliklar

O‘zbekiston turizm faol rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston keyingi yillarda jahon bozori uchun turizm iqtisodiyotini eng faol rivojlantirayotgan davlatlardan biriga aylandi. Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi (WEF) hisobotida aytiladi.

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan tashqari Kot-d’Ivuar, Albaniya, Saudiya Arabistoni, Tanzaniya, Indoneziya, BAA, Misr, Nigeriya va Salvador kiradi. WEF ekspertlari 2019 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davr uchun qulay muhit, siyosat, infratuzilma va xizmatlar, resurslar va barqaror rivojlanish haqidagi ma'lumotlarni tahlil qildi.

O‘tgan yili to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilgi umumiy reytingda O‘zbekiston 2019-yilga nisbatan 16 pog‘onaga yuqorilab, 78-o‘rinni egalladi. Reytingga 119 davlat kiritilgan.

Oxirgi besh yil ichida jahon turizm bozoriga eng katta hissa AQSH, Ispaniya, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Italiya va Shveytsariya tomonidan qo‘shilgan.