Shaxsiy ma'lumotning maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma'lumotning maxfiylik siyosati
Ushbu Shaxsiy ma'lumotning maxfiylik siyosati (bundan keyingi o'rinlarda "Maxfiylik siyosati" deyiladi) apg-aero.uz domen nomida (shuningdek, boshqa ichki domenlarda) joylashgan «APG Air Solutions» LLC​ (bundan keyingi o'rinlarda "APG" deyiladi) sayti apg-aero.uz saytidan (shuningdek, uning ichki domenlaridan), dasturlaridan va mahsulotlaridan foydalanish paytida Foydalanuvchi haqida olishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan qo'llanadi.

1. Atamarlarning tushunchalari
1.1. Ushbu Maxfiylik siyosatida quyidagi atamalar qo'llaniladi:
1.1.1. "Sayt ma'muriyati" (bundan keyingi o'rinlarda "Ma'muriyat" deyiladi) – «APG Air Solutions» LLC saytini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan, «APG Air Solutions» LLC MCHJ nomidan harakat qiladigan, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil qiladigan va (yoki) amalga oshiradigan, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadini, qayta ishlanishi kerak bo'lgan shaxsiy ma'lumotlar tarkibini belgilaydigan, shaxsiy ma'lumotlar bilan bog'liq harakatlarni (amaliyotlarni) bajaradigan xodimlar.
1.1.2. "Shaxsiy ma'lumot" – bevosita yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi jismoniy shaxsga (shaxsiy ma'lumot subyektiga) tegishli bo’lgan har qanday ma'lumot.
1.1.3. “Shaxsiy ma’lumotni qayta ishlash” – avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib yoki bunday vositalardan foydalanmay bajariladigan har qanday harakat (amaliyot) yoki harakatlar (amaliyotlar) yig’indisi, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotni yig’ish, yozib olish, tartibga solish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, topshirish, unga kirish), shaxsizlantirish, bloklash, o’chirish, yo’q qilish.
1.1.4. "Shaxsiy ma'lumotning maxfiyligi" – Operator yoki shaxsiy ma'lumotni ko'rishi mumkin bo'lgan boshqa shaxsning shaxsiy ma'lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa bir qonuniy asosi bo'lmasdan uni tarqatmaslik talabini bajarish majburiyati.
1.1.5. «APG Air Solutions» LLC sayti – Internet tarmog'idagi apg-aero.uz noyob manzilida (URL) hamda uning ichki domenlarida joylashgan, bir-biri bilan bog'langan web sahifalar birligi.
1.1.6. "Ichki domenlar" – «APG Air Solutions» LLC saytiga tegishli bo'lgan, uchinchi darajali domenlarda joylashgan sahifalar yoki sahifalar birligi, shuningdek, pastida Ma'muriyatning aloqa ma’lumotlari ko'rsatilgan boshqa vaqtinchalik sahifalar
1.1.5. "«APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanuvchi" (bundan keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi" deyiladi) – Internet orqali «APG Air Solutions» LLC saytiga kirish imkoni bo‘lgan va «APG Air Solutions» LLC saytidagi ma'lumotlardan, materiallardan va mahsulotlardan foydalanuvchi shaxs.
1.1.7. «Cookies» — web server jo'natgan va foydalanuvchining kompyuterida saqlanadigan, har safar tegishli sayt sahifasini ochishga harakat qilganda web-mijoz yoki web-brauzer HTTP so'rov bilan web-serverga jo'natadigan kichik ma'lumot bo'lagi.
1.1.8. «IP-manzil» — Foydalanuvchi APGga kiradigan kompyuter tarmog'idagi bo‘g‘inning noyob tarmoq manzili.
1.1.9. "Tovar" – Foydalanuvchi saytda buyurtma beradigan va to'lov tizimi orqali haqini to'laydigan mahsulot.


2. Umumiy qoidalar
2.1. Foydalanuvchining «APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanishi uning ushbu Maxfiylik siyosatiga va Foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma'lumotlar qayta ishlanishiga rozi ekanini bildiradi.
2.2. Maxfiylik siyosati shartlariga rozi bo'lmagan taqdirda Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanishni to'xtatishi shart.
2.3. Ushbu Maxfiylik siyosati «APG Air Solutions» LLC saytiga qo'llanadi. APG Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytidagi havolalarga o'tib kiradigan uchinchi shaxslarning saytlarini nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi.
2.4. Ma'muriyat Foydalanuvchi bergan shaxsiy ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirmaydi.

3. Maxfiylik siyosatining mazmuni
3.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytida ro'yxatdan o'tganda, e-maildan jo'natiladigan axborotlarni olib turishga obuna bo'lganda yoki buyurtmani rasmiylashtirganda Ma'muriyatning so‘rovi bo‘yicha taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlarni oshkor etmaslik va uni himoya qilish borasida Ma'muriyatning majburiyatlarini belgilab qo'yadi.
3.2. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma'lumotlarni Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytidagi shaklni to'ldirganda taqdim etadi va bu ma'lumot quyidagilardan iborat bo'ladi:
3.2.1. Foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
3.2.2. Foydalanuvchining aloqa telefoni:
3.2.3. elektron pochta manzili (e-mail);
3.2.4. Foydalanuvchi yashaydigan manzil (zarurat bo'lsa);
3.2.5. Tovar yetkazib beriladigan manzil (zarurat bo'lsa);
3.2.6. fotosurat (zarurat bo'lsa).
3.3. APG sahifaga kirganda avtomatik tarzda uzatiladigan quyidagi Ma'lumotlarni himoya qiladi:
- IP manzil;
- cookies-dan olinadigan ma'lumotlar;
- brauzer haqidagi ma'lumotlar;
- kirish vaqti;
- referer (oldingi sahifaning manzili).
3.3.1. Cookies-ni o'chirib qo'yish saytning avtorizatsiyani talab qiladigan qismlariga kirish imkonidan mahrum qilishi mumkin.
3.3.2. APG o‘zining tashrif buyuruvchilarining IP-manzillari haqidagi statistikani to'playdi. Ushbu ma'lumot texnik muammolarni oldini olish, aniqlash va hal qilish maqsadida ishlatiladi.
3.4. Yuqorida aytib o'tilmagan har qanday boshqa shaxsiy ma'lumot (sahifaga kirishlar soni, foydalaniladigan brauzerlar, operatsion tizimlar va hk.) ishonchli saqlanishi va oshkor etilmasligi kerak, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2. va 5.3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

4. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini to'plashning maqsadi
4.1. Ma'muriyat Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi maqsadlarda ishlatishi mumkin:
4.1.1. «APG Air Solutions» LLC saytida ro'yxatga olingan Foydalanuvchini keyinchalik identifikatsiya qilish, buyurtmani rasmiylashtirish va boshqa harakatlarni amalga oshirish.
4.1.2. Foydalanuvchiga «APG Air Solutions» LLC saytidagi shaxsiylashtirilgan ma'lumotlarga kirish ruxsatini berish.
4.1.3. Foydalanuvchi bilan qaytuvchi aloqani o‘rnatish, shu jumladan, unga «APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanishga taalluqli bildirishnomalar, so‘rovlarni yuborish, xizmatlar ko'rsatish va Foydalanuvchining so'rovlari va arizalarini qayta ishlash.
4.1.4. Xavfsizlikni ta'minlash, firibgarlikni oldini olish uchun Foydalanuvchi turgan joyni aniqlash.
4.1.5. Foydalanuvchi bergan ma'lumotlar ishonchli va to'liq ekanini tekshirish.
4.1.6. Agar Foydalanuvchi hisob yozuvini ochishga rozilik bergan bo'lsa, «APG Air Solutions» LLC sayti qismlaridan foydalanish uchun hisob yozuvini ochish.
4.1.7. Foydalanuvchiga elektron pochtadan xabar yuborib turish.
4.1.8. «APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanishda muammolar paydo bo'lganda, Foydalanuvchiga samarali texnik yordam berish.
4.1.9. Foydalanuvchining roziligi bilan unga «APG Air Solutions» LLC sayti nomidan maxsus takliflar jo'natish, narxlar haqida xabar berish, yangiliklar va boshqa ma'lumotlarni jo'natib turish.
4.1.10. Foydalanuvchining roziligi bilan reklama faoliyatini amalga oshirish.

5. Shaxsiy ma'lumotni qayta ishlash usullari va muddati
5.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari muddati cheklanmasdan, istalgan qonuniy usul bilan, shu jumladan, avtomatlashtirish vositalarini qo'llab yoki bunday vositalar qo'llanmasdan shaxsiy ma'lumotlarning axborot tizimlarida qayta ishlanadi.
5.2. Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytida rasmiylashtirgan buyurtmani bajarish uchun, shu jumladan, Tovarni, hujjatlarni yoki e-mail xabarlarni yetkazib berish uchun Ma’muriyat uning shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga, xususan, kuryerlik xizmatlariga, pochta xizmati tashkilotlariga (shu jumladan elektron pochta xizmatiga), elektraloqa operatorlariga berishga haqqi borligiga Foydalanuvchi rozi bo'ladi.
5.3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma 'lumotlari o' zbekiston Respublikasi davlat hukumatining vakolatli organlari xodimlariga faqat o 'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan asoslar bo' yicha taqdim etilishi mumkin.
5.4. Shaxsiy ma'lumotlar yo'qolgan yoki oshkor bo'lgan taqdirda Ma'muriyat Foydalanuvchiga shaxsiy ma'lumot yo'qolgani yoki oshkor bo'lgani haqida xabar bermaslikka haqli.
5.5. Ma'muriyat Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini noqonuniy yoki tasodifan ko'rishdan, yo'q qilinishdan, o'zgartirishdan, bloklashdan, nusxa olishdan, tarqatishdan hamda uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlaridan himoya qiladi.
5.6. Ma'muriyat Foydalanuvchi bilan birgalikda Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari yo'qolishi yoki oshkor bo'lishi bilan bog'liq zarar yoki boshqa salbiy oqibatlarni oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.

6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
6.1. Foydalanuvchining huquqlari:
6.1.1. «APG Air Solutions» LLC saytidan foydalanish uchun zarur bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarini berish haqida o'zi erkin qaror qabul qilish va ushbu ma'lumotlar qayta ishlanishiga rozilik berish.
6.1.2. Bergan ma'lumoti o'zgarganda shaxsiy ma'lumotlarini yangilash yoki to'ldirish.
6.1.3. Foydalanuvchi Ma'muriyatdan uning shaxsiy ma'lumoti qayta ishlanishi haqida ma'lumot olishga haqli, agar bunday huquq federal qonunlar bilan cheklanmagan bo‘lsa. Shaxsiy ma'lumoti to'liq bo'lmasa, eskirgan bo'lsa, aniq bo'lmasa, noqonuniy olingan bo'lsa yoki bayon etilgan qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo'lmasa, Foydalanuvchi Ma'muriyatdan uning shaxsiy ma'lumotini aniqlashtirish, bloklash yoki yo'q qilishni talab qilishga hamda o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga haqli.

6.2. Ma'muriyatning majburiyati:
6.2.1. Olingan ma'lumotlardan faqat ushbu Maxfiylik siyosatining 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadda foydalanish.
6.2.2. Maxfiy ma'lumotlar sir saqlanishini ta'minlash, Foydalanuvchining oldindan olingan yozma roziligisiz bunday ma'lumotlarni oshkor qilmaslik, shuningdek, Foydalanuvchining bergan shaxsiy ma’lumotlarini sotmaslik, almashtirmaslik, chop etmaslik yoki boshqa usullar bilan oshkor qilmaslik, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2 va 5.3-bandlari bundan mustasno.
6.2.3. Amaldagi ish yuritish tartibi bilan belgilab qo'yilgan qoidalarga muvofiq Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarining maxfiyligini himoya qilish choralarini ko'rish.
6.2.4. Noto’g’ri shaxsiy ma’lumotlar borligi yoki noqonuniy harakat amalga oshirilgani ma’lum bo’lgan taqdirda, Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yoki tekshrish davrida shaxsiy ma’lumot subyektlari huquqlarini himoya qilish bo’yicha vakolatli organ murojaat qilgan yoki so’rov bergan vaqtdan boshlab tegishli Foydalanuvchiga aloqador shaxsiy ma’lumotlarni bloklab qo‘yish.

7. Tomonlarning majburiyatlari
7.1. O‘z majburiyatlarini bajarmagan Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanganligi tufayli ko‘rilgan zararlar uchun Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko'ra javobgar bo‘ladi, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2, 5.3 va 7.2-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7.2. Quyidagi hollarda Maxfiy ma'lumotlar yo'qolgani yoki oshkor bo'lgani uchun Ma'muriyat javob bermaydi:
7.2.1. Yo'qolishidan yoki oshkor bo'lishidan oldin ommaga ma’lum bo'lganda;
7.2.2. Resurs Ma'muriyati olishidan oldin uchinchi tomondan olingan bo'lganda.
7.2.3. Foydalanuvchining roziligi bilan oshkor qilinganda.
7.3. Foydalanuvchi RF qonunchiligi talablariga, shu jumladan, reklama to‘g‘risidagi, mualliflik huquqi va qo’shma huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi, tovar belgilari va xizmat belgilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga amal qilish uchun, shu jumladan, lekin faqat shuning o’zi bilan cheklanmasdan, materiallarning shakli va mazmuni uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.
7.4. Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytida o'zi ko'rishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar (shu jumladan, lekin faqat shuning o'zi bilan cheklanmasdan: ma'lumotlar yozilgan fayllar, matnlar va h.k.) uchun shu ma'lumotni bergan shaxs javob berishini tan oladi.
7.5. Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytining bir qismi sifatida unga berilgan ma'lumot mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan, boshqa Foydalanuvchilar, hamkorlar yoki bunday ma'lumotni «APG Air Solutions» LLC saytida joylashtiradigan reklama beruvchilarning intellektual mulki bo'lishi mumkinligiga rozi bo'ladi.
Bunday Mazmun asosida Foydalanuvchi (to’liq yoki qisman) o’zgartirish kiritishga, ijaraga berishga, qarz sharti bilan topshirishga, sotishga, tarqatishga yoki uning asosida undan kelib chiqadigan ishlarni yaratishga haqli emas, bunday harakatlar alohida kelishuv shartlariga muvofiq bunday Mazmun egalari tomonidan yozma ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno.
7.6. Matnli materiallarga («APG Air Solutions» LLC saytidagi erkin ochiq erishimli bo‘lgan maqolalar, nashrlar) nisbatan APG-ga havola berilishi shartida ularni tarqatishga ruxsat beriladi.
7.7. Ma’muriyat «APG Air Solutions» LLC saytida joylashgan yoki u orqali uzatiladigan biror-bir Mazmun yoki boshqa kommunikatsiya ma’lumotlari o’chirilgani, ishlamasligi yoki saqlash mumkin bo’lmagani natijasida Foydalanuvchiga yetkazilgan zarar yoki ziyon uchun Foydalanuvchining oldida javob bermaydi.
7.8. Ma'muriyat quyidagilar sababli yuzaga kelgan bevosita yoki bilvosita zarar uchun javob bermaydi: saytdan yoki alohida xizmatlardan foydalanish yoki undan foydalanishning imkoni yo'qligi; Foydalanuvchining kommunikatsiyalariga ruxsatsiz kirish; saytdagi istalgan uchinchi shaxsning bayonoti yoki harakati uchun.
7.9. Ma'muriyat Foydalanuvchi «APG Air Solutions» LLC saytida joylashtirgan biror-bir axborot uchun javob bermaydi, shu jumladan, lekin faqat shuning o'zi bilan cheklanmay, quyidagilar uchun javobgar bo'lmaydi: mualliflik huquqi egasining bevosita roziligisiz mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan axborot joylashtirilgani uchun.

8. Nizolarni hal qilish
8.1. Foydalanuvchi bilan Ma'muriyat o'rtasidagi nizoli masalani sudga topshirishdan oldin bir tomon boshqa tomonga o'zining e'tirozini topshirishi shart hisoblanadi (nizoni o’zaro hal qilish haqida yozma taklif beriladi yoki elektron xat jo'natiladi).
8.2. E'tiroz olgan tomon e'tiroz olgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida yozma yoki elektron ko'rinishda e'tiroz bergan tomonga e'tirozni ko'rib chiqish natijasi haqida xabar beradi.
8.3. Agar o'zaro kelishuv asosida hal qilishning iloji bo'lmasa, bahsli masala da'vogarning joylashgan joyidagi hakamlik sudiga yuboriladi.
8.4. Ushbu maxfiylik siyosatiga, shuningdek foydalanuvchi va ma'muriyat o'rtasidagi munosabatlarga O'zR qonunchiligi qo'llaniladi.

9. Qo'shimcha shartlar
9.1. Foydalanuvchi bilan kelishmasdan Ma'muriyat ushbu Maxfiylik siyosatiga o'zgartirish qo'shishga haqli.
9.2. Yangi Maxfiylik siyosati «APG Air Solutions» LLC​ saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, agar Maxfiylik siyosatining yangi tahririda boshqa shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa.
9.3. Ushbu Maxfiylik siyosati bilan bog'liq barcha savol va takliflar quyidagi manzilga jo'natiladi:
9.4. Amaldagi Maxfiylik siyosati http://apg-aero.uz/politika-uz manzilidagi sahifada joylashtirilgan.

Saytdan foydalanishni davom etib, Foydalanuvchi apg-aero.uz xizmatlaridan foydalanish davomida o’z erki bilan va o’zining manfaati yo’lida, O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12-dekabrdagi "Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to'g'risida"gi 439-II sonli Qonuni talablariga muvofiq olingan o’zi haqidagi shaxsiy ma’lumot qayta ishlanishiga, saqlanishiga va foydalanishiga rozilik bergan bo’ladi.
Tilda Publishing
Copyright © 2024. APG Air Solutions. All Rights Reserved.
apg-aero.uz saytida foydalaniladigan maʼlumotlar, jumladan elektron aviachiptalar narxi va samolyotlar jadvali rasmiy manbalardan olingan. Elektron aviachiptalar apg-aero.uz hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va ularning narxi apg-aero.uz xizmati to‘lovi hisobga olingan holda ko‘rsatiladi. Aviachiptaning yakuniy narxini buyurtmani tasdiqlash bosqichida ko'rish mumkin. Materiallardan foydalanishda apg-aero.uz saytiga havola kerak.
APG Air Solutions MChJning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha siyosati.

Bizning yangiliklarimizga obuna bo'ling va eng yaxshi takliflardan xabardor bo'ling!